
Imzo Trio 60
IMZO Trio 6000 derazalariga Oʻrta Osiyo iqlimi aslo qoʻrqinchli emas! Biz, barcha asosiy talablarga rioya qilgan holda mustahkamlik va germetik zichlikka alohida eʼtibor qaratdik. Ushbu lineyka profillari issiqlikni koʻproq ushlab turadi va oddiy plastik derazalarga qaraganda uzoqroq xizmat qiladi. Bu xususiyati ularni shourumimizda eng ommaboplaridan biriga aylantirdi. Agar ishonchlilik, oddiylik va qulaylikni yoqtirsangiz, IMZO Trio derazalarini tanlang.

Biz zamonaviy muhandislik yechimlari bilan uygʻunlikdagi yillar davomida tekshiruvdan oʻtgan ishlanmalar — mustahkamligi kuchaytirilgan profil, argon bilan toʻldirilgan qo'shpyna va issiqlikni qaytaruvchi energiya tejovchi oynadan foydalandik. ImzoTrio modeli — bu klassik dizayn va samaradorlikning hayratga soluvchi parametrlarining uygʻunlashuvi. Bu sizning uyingizni chinakamiga shinam qiladigan romdir.
Issiqlik izolyatsiayasi
Shovqin izolyatsiyasi
Yorug'lik o'tkazuvchanlig
*2018 yilgi Imzo rom tizimlarining boshqa modellari bilan taqqoslaganda

IMZO TRIO 60 seriyasidagi konstruksiyalar ajoyib tashqi koʻrinishdan tashqari, issiqlikni saqlash va koʻcha shovqinidan himoya qilish boʻyicha juda yaxshi koʻrsatkichlarga ega. Ushbu profil seriyasining asosiy ustunligi – profil devorining 2.8 mm qalinligi, shuningdek qoʻshimcha rezina konturini oʻrnatish imkoniyati boʻlib, ular energiya yoʻqotishlarni qisqartirish va kelajakda mablagʻlarni tejashga yordam beradi. Ushbu romlar bilan sizning uyingiz yelvizaklar, sovuq, nam va quyoshdan ishonchli tarzda himoyalangan boʻladi.

Imzo Trio modeli — tavaqa va korobkaning past kombinatsiyasi boʻlgan romdir. Shu tufayli yorugʻlik oʻrni kattalashgan. Oddiy derazalar bilan solishtirganda yorugʻlik oʻtkazish koʻrsatkichlari sezilarli ravishda koʻproq va 72 % yetadi.


Biz interyerni bezash uchun maksimal imkoniyatlardan foydalanamiz. LifeLike® laminatsiya texnologiyasi bilan birga ImzoTrio eng kuchli dizaynerlik gʻoyalarini toʻldirish va yaqqol koʻrsatib berishga qodirdir. Har kim xonaning uslubiyotiga qarab eng yaxshi tarzda mos keladigan variantni topa oladi.
— 3 ta kamera va 1,4 millimetrlik kuchaytirgichga ega kostruktiv profil;
— Argon bilan toʻldirilgan qo'shoyna va samarali issiqlik himoyasi uchun issiqlikni qaytaruvchi i-oyna;
— Zichlagichning 3-konturi.

- Profil turi PVX
- Profil seriyasi Issiq
- Kameralar soni 3
- Profil devori qalinligi 2,8 мм
- Montaj chuqurligi 60 мм
- Tavaqaning maksimal balandligi 1800 мм
- Tavaqaning maksimal kengliqi 800 мм
- Qo'shoyna qalinligi 20 мм