
Engelberg 76
Engelberg 76 deraza romlari – mumtoz uslubni, innovatsion yondashuvni va lyuks darajasidagi yechimlarni qadrlaydiganlar uchun eng maqbul tanlovdir. Ushbu profillarning har bir detalida shveysarcha sifat va qunt mujassamlangan. Engelberg 76 seriyasi egalari xotirjamlik va qulaylikni yoqtiradigan uylar, qatnov tarafga qaragan bolalar xonasi yoki derazalar uchun ideal darajada mos tushadi.

Engelberg 76 profillarida oliy sifatli materiallar, oʻziga xos konstruksiya va zamonaviy dizayn mujassamdir. Deraza romlarning yangi lineykasi uyga yorugʻlik, shinamlik va sokinlik bagʻishlab, qulay muhit yaratadi. Ishlab chiqarishning shveysarcha standartlari sharofati bilan Engelberg 7600 oʻnlab yillar mobaynida uzluksiz ishlab beradi. Sifatiga kafolat beramiz! Bu yechim uyni obod qilishda murosasiz kishilarga moʻljallangan.
Issiqlik izolyatsiyasi
Shovqin izolyatsiyasi
Yorug'lik o'tkazuvchanligi
*2018 yil iyun oyidagi IMZO rom tizimlarining boshqa modellari bilan taqqoslaganda

Olti kameradan iborat oʻziga xos konstruksiya koʻchaning shovqinini uyga oʻtkazmaydi hamda xonadonning sirlarini “burni uzun” qoʻshnilardan saqlaydi. Oliy toifadagi shovqindan himoya sizga va oilangizga tinch uyquni, sokin uy va xotirjam hayotni baxsh etadi.


Argon bilan toʻldirilgan 32 millimetrli 2 kamerali qo'shoyna tufayli, Engelberg 76 derazalari katta shovqinni ham muvaffaqiyat bilan yenga oladi. Argon oddiy havoga qaraganda yaxshiroq issiqlik izolyatsiyasi va yopishqoqlikka egadir.
Qo'shoynalarni argon bilan toʻldirish: issiqlik izolyatsiyasi (15-30%) darajasini oshiradi,tovush izolyatsiyasi darajasini oshiradi, energotejamkor boʻlgan qo'shoynalarning xizmat muddatini uzaytiradi.
- — 2,8 mm qalinlikdagi “A“ Klass profilining mustahkam devorlari;
- — Kameralarning ajoyib joylashuvi bilan 6 ta kamerali profil;
- — Argon bilan toʻldirilgan qo'shoyna va samarali issiqlik himoyasi uchun issiqlikni qaytaruvchi qoplama bilan i-oyna*;
- — Zichlagichning qoʻshimcha 3-chi konturi.


LifeLike daraxtining zamonaviy tuslari bilan oʻz derazangizning betakror dizaynini yarating. Zamonaviy romlarni tanlang!
- Profil turi PVX
- Profil seriyasi Issiq
- Kameralar soni 6
- Profil devori qalinligi 2,8 мм
- Montaj chuqurligi 76 мм
- Tavaqaning maksimal balandligi 2300 мм
- Tavaqaning maksimal kengligi 1000 мм
- Qo'shoyna qalinligi 32 мм