
IMZO kompaniyasi joriy yilning 27 fevralidan 1 martiga qadar “Qurilish - UzBuild 2019” Xalqaro Yubiley koʻrgazmasida ishtirok etadi.
25 February 19 Время чтения: 5 минIMZO kompaniyasi joriy yilning 27 fevralidan 1 martiga qadar “Qurilish - UzBuild 2019” Xalqaro Yubiley koʻrgazmasida ishtirok etadi.
“Qurilish - UzBuild 2019” Markaziy Osiyoda qurilish tarmogʻidagi yetakchi koʻrgazmalardan biri hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi yagona Xalqaro umumqurilish koʻrgazmasi hisoblanadi. Unda mahsulotlar, xizmatlar va uskunalarning barcha koʻlamlari taqdim etilgan.
IMZO dan tashqari, tadbirda oʻz mahsulotini Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning 25 mamlakatidan 300 ga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari namoyish etadi.
IMZO stendida eshik konstruksiyalarining innovatsion yechimlari taqdim etiladi:
- Harakat datchiklari oʻrnatilgan avtomatik eshiklar;
- Antipanic ochish tizimi oʻrnatilgan yongʻinga qarshi eshiklar.
Shuningdek, IMZO kompaniyasi rom va fasad tizimlari ekspozitsiyasini taqdim etadi:
- Panjaralar, oddiy darchalar va jalyuzilarning zamonaviy oʻrnini bosuvchisi hisoblanadigan REFLEXA (rollet tizimi) tashqi jalyuzi oʻrnatilgan rom.
- Yuqori xavfsizlik darajasini nazarda tutuvchi WINKHAUS buzib kirishga qaroʻi mexanizmi hamda HOPPE dastagi va qulfi oʻrnatilgan romlar.
- Tavaqa parallel ravishda siljiydigan BENKAM avtomatik fasad tizimi.
IMZO D100-sonli stendiga (2-pavilon) tashrif buyurishga taklif etadi.
Koʻrgazma manzili: Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmui
Kunlari: joriy yilning 27 fevralidan 1 martiga qadar
27-28 fevral kunlari koʻrgazma faqat professional tashrif qiluvchilar (yuridik shaxslar) uchun ochiq boʻladi.